Navoiyda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyatining sayyor qabuli oʻtkazildi
2025-08-23 18:30:00 / Yangiliklar

2025-yil 23-avgust kuni Navoiy viloyatida fuqarolarning muammolarini ijobiy hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻining sayyor qabuli oʻtkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolar yoʻl harakati xavfsizligini oshirish hamda mahalliy aholi uchun zarur boʻlgan turli infratuzilma masalalari yuzasidan oʻz taklif va murojaatlarini bildirdilar.
Fuqarolarning har bir murojaati atroflicha oʻrganilib, ayrim muammolar joyida hal qilindi. Muayyan vaqt talab etuvchi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida aholiga yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, bolalarning xavfsizligini taʼminlash va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati









