IIV va BMT vakolatxonasi oʻrtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2025-08-21 17:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari, polkovnik Ayubxon Raxmatullayev hamda BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Afgʻoniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Oliver Shtolpe ishtirok etdilar.
Suhbat davomida vakolatxona bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari va oʻqotar qurollarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizmga barham berish, odam savdosiga chek qoʻyish, shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tadbir yakunida tomonlar kelgusida oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishib oldilar.



