Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli birlashgan dala oʻquv markaziga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tashrif buyurdi
2024-03-19 19:00:00 / Majlislar

Tashrif chogʻida, Vazir oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov IIV Qorovul qoʻshinlari safiga yangi chaqirilgan muddatli harbiy uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxonalar, oshxonalar va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish xonalari, oʻquv sinflarining jihozlanganligi bilan tanishib chiqdi.
Shuningdek, tashrif davomida Qorovul qoʻshinlari safiga muddatli harbiy xizmatga kelgan askarlar bilan suhbatlashdi.
Vazir oʻrinbosari hududlarni koʻzdan kechirar ekan, Qoʻshin safiga qabul qilinayotgan yosh askarlardan xizmatining dastlabki kunlaridanoq, ijobiy taassurot qoldirish, harbiy hayotga moslashtirish, haqiqiy vatanparvar harbiy xizmatchi etib tarbiyalash borasida har bir mansabdor shaxslarga yuklatilgan jangovar xizmat vazifalarini vijdonan bajarishlari, milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda «Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi boʻlishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur» deya taʼkidlab, bir qator vazifalar belgiladi.







