Bir million yoshlarni qamrab olish doirasidagi navbatdagi tadbir Parkent tumanida oʻtkazildi
2024-03-17 10:35:00 / Yangiliklar

Xabar berilganidek, davlat rahbari topshirigʻiga asosan bir million yoshlarni qamrab olgan dastur doirasida yoshlar muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Shu kabi navbatdagi tadbir viloyatning Parkent tumanida oʻtkazildi. Unda, Toshkent viloyati IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi masʼul rahbarlari, tuman mutasaddilari va ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida parkentlik yoshlarning turli mazmundagi murojaatlari tinglanib, ularning amaliy ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida, mahalla yoshlari oʻrtasida voleybol musobaqasi oʻtkazildi va gʻoliblar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan shu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









