Ichki ishlar vazirligida Navroʻz umumxalq bayrami oldidan xayriya hashar tadbirlari tashkil etildi
2024-03-16 13:00:00 / Yangiliklar

Navroʻz umumxalq bayrami oldidan, Ichki ishlar vazirligida xayriya hashar tadbiri koʻtarinkilik bilan boshlandi.
Erta tongdan xodimlar oʻzlariga biriktirilgan hududlarda ariq zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash, yangi koʻchatlar ekish, atrofni chiqindilardan tozalash kabi ishlarni amalga oshirishdi.
Bu kabi hashar tadbirlar hududlarni obodonlashtirish barobarida epidemiologik osoyishtalikni saqlash shuningdek, jamoaning bir tanu bir jon boʻlib xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ezgulik va hamjihatlikka yoʻgʻrilgan obodonlashtirish tadbirlari muqaddas roʻzayi ramazon oyida Respublikamiz boʻylab, hududiy ichki ishlar organlarida ham koʻtarinkilik bilan davom etadi.









