Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazdi
2024-03-15 12:25:00 / Yangiliklar

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda dastlab oʻtgan davr mobaynida viloyat hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari, jumladan, odam oʻlimi hamda tan jarohati bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish ishlari, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi, har bir YPX inspektorining vijdonan va adolatli ish olib borishi toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik toʻgʻrisida ham tanqidiy va asosli fikrlar aytildi.
Bundan tashqari, yoʻllarda tartibbuzar haydovchilarni kamaytirish, guruh-guruh boʻlib harakatlanayotgan avtoulovlarni tartibga solish, harakat xavfsizligiga raxna solayotgan har qanday holat va qoʻpol qoidabuzarlik sodir etayotgan haydovchilarni maʼmuriy jazoga tortish, eng asosiysi fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq YTH oldini olish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati



