Navoiy viloyati IIBning korrupsiyaga qarshi kurashish ishchi guruhi tomonidan joylarda sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda
2025-07-24 09:00:00 / Yangiliklar

Korrupsiya jamiyatda nizo va ishonchsizlikni paydo qiluvchi, tizim taraqqiyotiga jiddiy taʼsir etuvchi illatdir.
Navoiy viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi tomonidan joylarda oʻtkazilayotgan sayyor uchrashuvlarda ham xodimlar ishtirokidagi korrupsion holatlarni oldini olish mavzusiga alohida eʼtibor qaratildi.
Navoiy viloyati IIB JXX JTSB, PPXB hamda HPB xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yigʻilishda soʻzga chiqqanlar mazkur illatning salbiy oqibatlari, xodimlar oʻrtasida tamagirlik va korrupsion harakatlarni oldini olish yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek, Boshqarma IIB YHXB xodimlari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda xizmat qonunchiligi hamda intizomga qatʼiy rioya qilish, halol va odil boʻlish lozimligi taʼkidlandi.
Eslatib oʻtamiz, Navoiy viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi uchrashuvlar tumanlar kesimida davom etadi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati






