Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan Qarshi tumanida oʻrganishlar olib borildi
2025-07-19 11:05:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov, tuman rahbarlari bilan birgalikda mahallalarda jinoyatchiliklarni barvaqt oldini olish va boshqa muhim masalalarda Alisher Navoiy va Paxtakor mahalla fuqarolar yigʻinlari yettiligi bilan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahallada Prezidentimizning qaror va farmonlari, ijro intizomi va oʻzaro hamkorlik hamda m 15 iyuldan 15 avgustga qadar “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirining mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirish, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga qarshi kurashish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati



