Fargʻona viloyati IIB rahbariyati Beshariq hamda Furqat tumanlarida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
2025-07-04 14:35:00 / Yangiliklar

Dastlab boshqarma boshligʻi tuman IIBlarida boʻlib, xodimlarning xizmat sharoiti, raqamlashtirish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, Beshariqdagi “qizil“ toifaga kiruvchi Yangi hayot, Toshariq Furqat tumanidagi Ardaxshon hamda Navbahor mahallalarida mahalla yettiligi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Jinoyatlarning oldini olish, aholi bilan profilaktik suhbatlarni kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy madaniyati oshirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish kerakligi taʼkidlandi. Taʼlim muassasalarining holati koʻzdan kechirildi.
Asosli yondashuv, aniq rejalar asosida ish olib borish, mahalla faollari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha topshiriq va tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





