Birinchi mintaqaviy hudud 47-son manzil koloniyasida sayyor sud va targʻibot kechasi boʻlib oʻtdi
2024-02-24 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman sudi raisi Xurshid Xatamov Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi “Lav optimum” advokatlik byurosi advokati Baxodir Tursunovlar ishtirok etdi.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son "Oʻzbekiston — 2030" strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentyabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-869-sonli Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirib oʻtdi.
Tadbir soʻngida jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman sudi tomonidan sayyor sud boʻlib oʻtdi.
Unda koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar orasidan sud tomonidan tayinlangan jazoning qonunda belgilangan qismini toʻliq oʻtagan, jazoni oʻtash davomida mehnatga va taʼlimga halol munosabatda boʻlgan, sodir etgan jinoyatidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan 11 nafar mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan oʻtalmay qolgan jazo muddatlari, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirildi.
IIV JIED Axborot xizmati
