IIV Malaka oshirish institutida “Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
2025-06-27 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti “Axborot texnologiyalari” sikli tomonidan 2025-yil 26-iyun kuni “Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti, School 21 raqamli texnologiyalar maktabi, CYBER BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, yetakchi mutaxassislari hamda Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.
Konferensiyada maʼruzachilar Oʻzbekiston Respublikasidagi koʻp uchrayotgan kibertahdidlar, kiberjinoyatlar turlari, yoshlarning raqamli xavfsizligi, Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash, insayder tahdidlar va darknetda kiberjinoyatchilarni aniqlashning zamonaviy yechimlari kabi mavzularni yetkazishdi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari tomonidan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ushbu muammolarga takliflar bildirildi.
Konferensiya soʻngida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik U.E.Rasulev ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirib, oʻz minnatdorchiligini bildirib oʻtdi.
IIV Malaka oshirish instituti








