Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-06-23 12:10:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Farux Xaydarov fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabulni oʻtkazdi.
Qabul davomida murojaat qilgan fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy masalalari oʻrganilib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, boshqalari esa nazoratga olinib, masʼul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida huquqiy yordam koʻrsatish, ularning muammolarini manzilli hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shu kabi shaxsiy qabullar tizimli ravishda oʻtkazilib, fuqarolarning muammolari bilan yaqindan tanishish va ularni hal etishda muhim oʻrin tutadi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






