Joriy yil iyun oyining birinchi 10 kunligi barcha ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb eʼlon qilinadi
2025-05-27 10:00:00 / Yangiliklar

Xodimlarning intizomi va huquqiy madaniyatini oshirish – ichki ishlar organlari faoliyatida ustuvor yoʻnalish
Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi, qonuniylik va kasbiy masʼuliyatni taʼminlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishda birinchi rahbarlarning shaxsan nazoratida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongi va kasbiy sadoqatini mustahkamlash maqsadida keng koʻlamli targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, fuqarolar tomonidan xodimlarga pora taklif qilish holatlari yuzasidan oʻz vaqtida xabar berish tizimi jadallashtirilgan.
Bu chora-tadbirlar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va xodimlarning kasbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.
