Shahrixon tumanida Andijon viloyati 3-sektorining sayyor qabuli oʻtkazildi
2024-01-11 17:15:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulni viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik A. T. Raxmanov oʻtkazdi.
Qabulda 24 ta turli masaladagi murojaatlar koʻrib chiqildi.
Xususan, sogʻliqni saqlash, moddiy yordam olish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID-kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 21 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qolgan 3 tasi tegishli tartibda ijroga yoʻnaltirildi.
Murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









