“Zakovat” intellektual oʻyinida Toshkent viloyati IIBB jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladi
2024-01-07 10:15:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda, Ichki ishlar organlari xodimlarining nafaqat jismoniy va jangovar tayyorgarligi balki, aqliy va intellektual salohiyatlari ham mustahkamlab borilmoqda.
Jumladan, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Angren shahrida joylashgan harbiy qismda oʻquv yigʻinlarida ishtirok etayotgan ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan yosh xodimlar va harbiy xizmatchilar jamoalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Beshta jamoa ishtirokida boʻlib oʻtgan oʻyinda, ayrim savollar ishtirokchilarning qizgʻin bahs munozarasiga sabab boʻlgan boʻlsa, tarix, huquq va mantiqqa oid savollar ularga qiyinchilik tugʻdirmadi.
Oʻyining yakuniy natijasiga koʻra, umumjamoa hisobida Ichki ishlar organlarining “MOON” va harbiy qismning “Temur vorislari” jamoasi faxrli oʻrinlarni egalladi.
Musobaqa gʻoliblari va ishtirokchilariga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati



