Namangan viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari Mingbuloq tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2024-01-05 10:25:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari Mingbuloq tumani “Yakkatol” mahallasida yashovchi aholining yashash va turmush sharoitlarini oʻrganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.
Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida jami 20 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 22 ta murojaatlar qabul qilindi.
Mazkur murojaatlarning 14 tasi joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar masʼullarga biriktirildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



