“Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining dolzarb masalalari”
2024-01-04 09:40:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida Malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda “Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz milliy tajribasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali tizim yaratilgani muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi IIV sohaviy xizmatlar, IIV Akademiyasi, Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilari, masʼul xodimlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda Malaka oshirish instituti kafedra boshligʻi, ю.ф.н., dotsent, polkovnik Mehmonali Suvonqulov “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari uchun javobgarlikni takomillashtirish” mavzusida maʼruza qildi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirokchilarning jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining dolzarb masalalariga oid fikr va mulohazalari eshitildi hamda taklif va tavsiyalari muhokama qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati



