Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jami 16 nafar bolalar Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarildi
2025-04-06 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 6-son “Xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning 5-aprel kuni Rossiya Federatsiyasidagi Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasi bilan hamkorlikda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jami 16 nafar bolalar Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarildi.
Olib kelingan bolalarning barchasiga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordamlar koʻrsatilib, 15 nafari Toshkent shahar IIBB HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga, 1 nafari Toshkent shahar bolalar uyi davlat korxonasiga topshirildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati
