Xavfsiz hayot uchun birlashaylik
2024-04-16 / Voqealar taqvimi
Aziz yurtdoshlar! 19 may, yakshanba kuni barchangizni “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” Respublika yoshlar marafoniga taklif qilamiz. Tadbir Urganch shahridagi “Jaloliddin Manguberdi” majmuasida o‘tkaziladi.
Shuningdek, yoshlar marafoni ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xushovoz xonandalar o‘zlarining musiqiy chiqishlarini taqdim etadi.
Keling va biz bilan yorqin yakshanbani o‘tkazing!
Eslatma: Tadbir soat 07:00 da boshlanadi, soat 08:00 da marafonga start beriladi.
