Hamkorlik memorandum imzolandi hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi
2024-12-22 14:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21 dekabr kuni Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida voleybol yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarni Oʻzbekiston chempionati, kubok va xalqaro musobaqalar davrida hakam sifatida jalb etish va ularni malakasini oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, voleybol boʻyicha universitet talablaridan erkak va ayollar terma jamoa tuzib, 2025 yildan boshlab Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida ishtirok etish taʼminlash hamda boshqa bir qator masalalarda hamkorlik memorandumi imzolandi. Uchrashuvda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov ishtirok etdi.
Shuningdek, yurtimizda voleybol sport turini yanada rivojlantirish, jahon andozalari bilan bir qatorda yuksaltirish, terma jamoalarimiz faoliyatini yanada yaxshilash uchun FIVBning xalqaro toifadagi murabbiyi serbiyalik Branislav Moro Oʻzbekistonga taklif etildi. Tajribali murabbiy bilan 2025 yil davomidagi istiqbolli rejalarni amalga oshirish maqsadida vazifalar belgilab olindi.
IIV JXD Axborot xizmati




