Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli bosh qomusimizning 32-yillik tadbiri keng nishonlandi
2024-12-08 14:05:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli bosh qomusimizning 32-yillik tadbiri keng nishonlandi. Tadbirda boshida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jarangladi.
Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi professori Yuridik fanlari nomzodi, Xudoyberdiyev Axror Qosimaliyevich hamda Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi oʻqituvchisi Yoʻldoshbekov Anvarjon Alisherovichlar tashrif buyurishdi.
Tadbirga tashrif buyurganlar mamlakatimizda har bir fuqaroning qonuniy haq-huquqlari bosh qomusimiz hisoblangan – Konstitutsiyada mustahkam belgilab berilganligini, yurtimizda barcha islohotlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida amalga oshirilayotganligini eʼtirof etishdi.
Oʻtgan davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi butunlay oʻzgarib, erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi. Bu esa, xalqimizning ertangi kunga boʻlgan ishonchi ortishiga, turmush tarzining yaxshilanishiga, har bir hududda tinchlik-osoyishtalikning taʼminlashiga xizmat qilmoqda.
Konstitutsiya kuni munosabati bilan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulugʻlanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek asosiy qonunimizda Oʻzbekiston ijtimoiy davlat sifatida belgilanganidan kelib chiqib, shahar va qishloqlarimizni obod qilish, yangi uy-joylar, tibbiyot, taʼlim, madaniyat, sanʼat va sport maskanlarini barpo etish, yoʻl va kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, manzilli ijtimoiy himoyani kuchaytirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablagʻlar hajmi 2 barobar koʻpaytirilib, tibbiy sugʻurta tizimiga oʻtish va aholini kafolatlangan tibbiy xizmatlar bilan toʻliq taʼminlash ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi.
Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazilib barcha ishtirokchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi.
IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati

