Oʻzbekiston va Italiya: Xavfsizlik sohasidagi yangi hamkorlik
2024-11-28 13:20:00 / Yangiliklar
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifi (2023-yil 8-9-iyun) yakuni boʻyicha imzolangan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi boʻyicha Italiya tomonining taklifiga binoan amalga oshirildi.
Uchrashuvda tomonlar 2023-yil iyun oyida Rim shahrida imzolangan Oʻzbekiston va Italiya hukumatlari oʻrtasida ichki ishlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim ijrosini, shuningdek terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi hamda boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligi boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, huquq-tartibot hamda raqamli texnologiyalarni sohaga tatbiq etishda idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmini yaratish hamda oʻzaro tajriba almashish, shuningdek koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi masalalarni muhokama qildilar.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Italiya davlatiga tashrif jarayonida Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Italiya Davlat politsiyasi hamda Milliy politsiya Akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.