Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyati va Turkiya IIV delegatsiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2024-11-27 18:25:00 / Yangiliklar
Uchrashuv mamlakatda qolishga qonuniy huquqi boʻlmagan shaxslarni qayta qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi, raqamli taqqoslovchi va jarayonni tezlashtiruvchi axborot texnologiyalari tizimi taqdimoti bilan boshlandi.
Uchrashuvda ikki tomon aʼzolari ham oʻrtaga qoʻyilgan dolzarb masala yuzasidan oʻzlarining keng qamrovli fikr mulohazalarini bildirib oʻtdilar.
Shuningdek uchrashuv davomida mamlakatga kelayotgan yoʻlovchilar toʻgʻrisida oldindan xabar berish tizimining taqdimoti hamda Turkiya Respublikasi IIV Migratsiya bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi oʻrtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik aloqalari muhokamasi ham boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruxda oʻtdi.