Qashqadaryo viloyati IIB tibbiyot xodimlari taqdirlandi
2024-11-13 09:25:00 / Yangiliklar
![Qashqadaryo viloyati IIB tibbiyot xodimlari taqdirlandi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fb00dc59c-0a13-11de-67fa-7d5c1c6aa737_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida Tibbiyot boʻlimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi.
Boshqarma boshligʻi oʻz soʻzida Muhtaram Prezidentimiz va Ichki ishlar vazirligining salomatlik posbonlariga koʻrsatayotgan ehtirom va eʼtiborini alohida taʼkidladi.
Tadbirda koʻp yillik samarali xizmatlari hamda ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylari va ularning oila aʼzolari salomatligini mustahkamlashga katta hissa qoʻshayotgan fidoyi tibbiyotchilar nomlarini alohida hurmat-ehtirom bilan tilga olinib, fidoyi shifokorlarining bir guruhi Ichki ishlar vazirligining qoʻl soati va viloyat ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati