Xitoy Xalq Respublikasining Çjençjou politsiya universiteti delegatsiyasi IIV Akademiyasida: hamkorlikning yangi yönalişlari muhokama qilindi
2026-11-25 11:00:00 / Yangiliklar

Şu kunlarda Çjençjou politsiya universiteti vitse-prezidenti Li Guani boşçiligidagi delegatsiya mamlakatimizda bölib turibdi.
Bugun xitoylik mehmonlar Içki işlar vazirligi Akademiyasiga taşrif buyurib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalarini muhokama qildilar.
Uçraşuv oldidan universitet vakillari taʼlim jarayonlari, bakalavriat va magistratura bosqiçida yölga qöyilgan innovatsion yondaşuvlar, taʼlim oluvçilar va professor-öqituvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Li Guani akademiya faoliyatidagi yangilanişlarni közdan keçirib, dual taʼlim asosida kadrlar tayyorlaş, nazariya va amaliyot uyğunligini taʼminlaş, yoşlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltiriş borasida samarali tizim yaratilganini taʼkidlab ötdi.
Şundan söng taʼlim muassasalari vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötib, unda tomonlarni qiziqtirgan muhim masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Li Guani samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirar ekan, xalqimizning köp asrlik tarixi va ilmiy-maʼnaviy merosiga alohida hurmat bilan qaraşini eʼtirof etdi. “Men zamonaviy Özbekistonning jadal surʼatlarda ravnaq topayotganidan aslo taajjublanmayman. Çunki bu zaminda jahon ilm-fani, madaniyatiga katta taʼsir körsatgan buyuk şaxslar yetişib çiqqan. Bugun mamlakatingiz öz tarixiy ildizidan ilhom olib, taraqqiyotning yangi bosqiçga qadam qöymoqda”, - dedi u.
Samimiy ruhda ötgan muloqot çoğida strategik hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olindi. Tomonlar hamkorlik memorandum asosida tajriba almaşinuvini kengaytiriş, kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, “Smart politsiya” tizimi böyiça öquv kurslarini taşkil etiş, maşğulotlarga malakali mutaxassislarni jalb qiliş, taʼlimni raqamlaştiriş kabi yönalişlarni rivojlantirişga kelişib oldilar.
Delegatsiya aʼzolarining yurtimizga taşrifi davom etmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati






