Maʼrifiy tadbir. Qalblarga mehr ulaşib
2026-11-25 23:30:00 / Yangiliklar

Xalqimizda «Qarisi bor uyning parisi bor» degan hikmatli naql bejiz aytilmagan. Zero, nuroniylar hayot sinovlarida toblangan, boy tajribaga ega, yoş avlodga töğri yöl körsatuvçi, ezgulik va maʼrifat tarğibotçilaridir.
Ular iştirokidagi maʼrifiy tadbirlardan biri IIV huzuridagi JIED Ikkinçi mintaqaviy hudud 6-son tergov hibsxonasida taşkil etildi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimining maslahatçisi, «Nuroniy» jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov hamda jamğarma vakillari iştirok etdi.
Davra suhbati davomida nuroniylar hibsxonada saqlanayotgan şaxslar va mahkumlar bilan oçiq, samimiy muloqot qildilar, özlarining köp yillik hayotiy tajribalari, bosib ötgan umr yöllari va turmuş sinovlaridan çiqargan saboqlari bilan örtoqlaşdilar.
Inson hayotida har bir xatodan töğri xulosa çiqarişi, vaqtning qadriga yetişi, oila va farzandlar oldidagi masʼuliyatni his etişi, halol mehnat qilişi lozimligi xususida söz yuritildi.
Bunday muloqotlar hayotda qiyinçiliklarga duç kelgan insonlarning içki keçinmalari va kelajak haqidagi tasavvurlariga ijobiy taʼsir körsatadi.
Ayniqsa, özining boy tajribasiga tayangan nuroniylarning samimiy sözlari va purmaʼno ögitlari tarbiyaviy taʼsirçanligi bilan ahamiyatlidir.
© «Postda» gazetasi, Nosirjon Latipov, podpolkovnik.
