IIV rahbariyati tomonidan Xorazm viloyatida “Xavfsiz va soğlom yurt” tadbiri doirasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi
2026-11-25 09:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining birinçi örinbosari, polkovnik Temur Ismoilov xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bölib, “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirining 3-bosqiçi doirasida amalga oşirilayotgan işlar, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini taʼminlaş borasidagi çora-tadbirlar bilan manzilli tanişdi.
Dastlab, Urganç şahar IIB da taşkil etilgan tezkor-ştab faoliyati örganildi. Unda hududlardagi kriminogen vaziyatni muntazam tahlil qilib boriş, mavjud muammolar va jinoyatçilikka taʼsir etuvçi omillardan kelib çiqqan holda kunlik iş rejalarini şakllantiriş, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş hamda natijadorlikni oşiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, Urganç şahar IIBning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi, xodimlar uçun yaratilgan xizmat va maişiy şaroitlar, içki işlar organlari faoliyatini raqamlaştiriş, xizmat samaradorligini oşirişga qaratilgan yangi tajribaviy dasturlar bilan tanişildi. Örganişlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.
Xizmat safari davomida kriminogen vaziyati murakkab hududlardan sanalgan Urganç şahrining “Istiqlol” hamda Xonqa tumanining “Döstlik” mahallalarida mahalla yettiligi va hududiy masʼullar bilan uçraşuvlar ham taşkil etildi.
Unda mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, aholi bilan manzilli profilaktik işlarni taşkil etiş, muammoli oilalar va huquqbuzarlik sodir etişga moyil şaxslar bilan individual işlaş, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Har bir hududning öziga xos xususiyatlari va kriminogen vaziyatidan kelib çiqib, profilaktik çora-tadbirlarni kuçaytiriş yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
“Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida amalga oşirilayotgan işlar joylardagi vaziyatni çuqur tahlil qiliş, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş va profilaktik çoralarning samaradorligini oşirişga qaratilgan.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



