IIV rahbariyati tomonidan Jizzax viloyati Yangiobod va Zomin tumani içki işlar bölimi xizmat faoliyati hamda «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida taşkil etilgan tezkor ştab faoliyati örganildi
2026-11-25 10:00:00 / Yangiliklar

Içki işlar vaziri örinbosari, general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldoşeviç tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod va Zomin tumanlari içki işlar bölimlarida xizmat faoliyatini samarali taşkil etiş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş hamda huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.
Örganiş jarayonida tuman içki işlar bölimlarining kundalik xizmat faoliyati, şaxsiy tarkibning xizmat intizomi, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, fuqarolarning osoyişta hayotini taʼminlaş borasida olib borilayotgan çora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida taşkil etilgan tezkor ştab faoliyati ham közdan keçirildi.
Unda masʼul xodimlarning belgilangan vazifalar ijrosi, joylardagi vaziyatni tahlil qiliş, mavjud muammolarni tezkor aniqlaş va bartaraf etiş, profilaktik tadbirlarni samarali taşkil etiş borasidagi işlari körib çiqildi.
Örganiş davomida masʼul rahbar va xodimlarga xizmat faoliyati samaradorligini oşiriş, jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, aholi bilan manzilli işlaş, har bir hududda kriminogen vaziyatni çuqur tahlil qiliş hamda tezkor ştab faoliyatini tizimli yölga qöyiş yuzasidan tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.
Şu bilan birga, şaxsiy tarkib örtasida xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy rioya etiş, fuqarolar bilan muloqotda xuşmuomala böliş, har bir murojaatga masʼuliyat bilan yondaşiş zarurligi taʼkidlandi.
Belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlaş, joylarda xavfsiz muhitni şakllantiriş hamda aholining tinç va osoyişta hayotini kafolatlaş içki işlar organlari xodimlarining asosiy vazifalaridan biri ekanligi qayd etildi.



