Yoş xodimlarni tarbiyalaşda ustoz-şogird anʼanasi — muhim hayotiy maktab
2026-11-24 10:25:00 / Yangiliklar

Içki işlar vazirligi Madaniyat saroyida “Yoş xodimlarni tarbiyalaşda ustoz-şogird anʼanasi” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat soati ötkazildi.
Unda vazirlik rahbariyati va şaxsiy tarkib iştirok etdi.
Maʼrifat soatida isteʼfodagi general-mayor Toxir Mullajonov mehmon sifatida iştirok etib, köp yillik xizmat faoliyati davomida töplagan tajribasi, hayotiy saboqlari hamda yoş xodimlarni tarbiyalaş borasidagi fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.
Taʼkidlanganidek, ustoz-şogird anʼanasi yoş xodimlarda kasbga sadoqat, qonunga hurmat, masʼuliyat va fidoyilik tuyğularini şakllantiriş, ularning kasbiy hamda maʼnaviy kamolotini taʼminlaşda muhim ahamiyatga ega. Bunda tajribali xodimlarning şaxsiy namuna körsatişi, bilim va könikmalarini yoş avlodga yetkazişi alohida örin tutadi.
Şuningdek, tadbir davomida Yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi, kapitan Zoyir Yöldoşev tomonidan yöl harakati xavfsizligi, qoidabuzarliklarning oldini oliş hamda haydovçilarning masʼuliyatini oşiriş masalalariga töxtalib ötildi. Bu borada har bir içki işlar organi xodimi şaxsiy namuna va ibrat körsatişi zarurligi alohida taʼkidlandi.
Mavzuni yanada mustahkamlaş maqsadida yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgan haydovçilarga oid videolavha namoyiş etildi.
Tadbir yakunida yoş xodimlarni kasbiy bilim, yuksak maʼnaviyat va şaxsiy namuna asosida tarbiyalaş, ustoz-şogird anʼanalarini izçil davom ettiriş muhim vazifa ekanligi qayd etildi.






