Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş samaradorligi içki işlar vazirligi nazoratida oşmoqda
2026-11-22 10:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining topşiriğiga köra kuz-qiş mavsumida aholiga suyultirilgan gaz mahsulotlarini öz vaqtida va xavfsiz yetkazib beriş joriy yilning 20-oktyabr kunidan Içki işlar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.
Uşbu jarayonlarni taşkil etiş va muvofiqlaştiriş maqsadida «Hududgaztaʼminot» AJda hamkorlikdagi ştab taşkil etildi. Gaz töldiriş stansiyasidan xonadongaça bölgan jarayon xavfsizligi alohida nazoratga olindi. Barça gaz tarqatiş stansiyalari va şoxobçalari zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlanib, Qöriqlaş departamentining boşqaruv markaziga integrasiya qilindi. Uşbu obyektlar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida qöriqlaş naryadlarining xizmati yölga qöyildi.
Şuningdek, xodimlar töldirilgan gaz ballonlarini maxsus avtoransport vositalarida taşiş jarayonida ham muhofaza qilib bormoqda. Suyultirilgan gaz mahsulotlari elektron hisob tizimi orqali mahalla yettiligi va qöriqlaş xodimlari nazoratida şaffof tarzda tarqatilmoqda.
Kuz-qiş mavsumida 145 ming xonadonga 70 kundan ortiq vaqt mobaynida suyultirilgan gaz yetkazib berilmagan bölsa, bugungi kunda ular töliq taʼminlandi. Gaz taqsimotida korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida raqamli tizim orqali profilaktika inspektorlari va Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan jarayonlar qöşimça nazoratga olindi.
Biroq, mazkur nazorat tizimini çetlab ötişga bölgan 409 ta noqonuniy holatda 9500 dan ortiq gaz ballonlari va ularda saqlanayotgan 98,3 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlarini talon-toroj qilişga uringan bir qator mansabdor şaxslar va işçi-xizmatçilarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar körildi.
Hurmatli fuqarolar! Gaz ballonlari öz vaqtida yetkazib berilmagan taqdirda yoki tarqatiş jarayonida talon-torojlik yoxud boşqa turdagi qonunbuzarliklarga guvoh bölsangiz Qöriqlaş departamentining 1131 qisqa raqamiga zudlik bilan xabar bering.
Şuningdek, quyidagi havolada körsatilgan raqamlar orqali hududiy Qöriqlaş xizmatlariga bevosita murojaat qilişingiz mumkin.






