Namangan viloyati IIB boşliği huzurida “Yaşil makon” loyihasi, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik va vazirlik topşiriqlari ijrosi muhokama qilindi
2026-11-22 10:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasida tizimda amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini oşiriş, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş hamda dolzarb masalalarni muhokama qilişga qaratilgan yiğiliş ötkazildi.
Unda Namangan viloyati IIB boşliği rahbarligida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida içki işlar organlari hududlarida boğlar taşkil etiş, kuz-qiş mavsumida aholini kömir va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda bu boradagi mavjud masalalar muhokama qilindi.
Şuningdek, yiğiliş davomida Içki işlar vazirligi rahbariyati tomonidan berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglanib, belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajariş böyiça tegişli körsatmalar berildi.
Yiğiliş doirasida IIV Akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti professor-öqituvçilari tomonidan joriy yilning 4–8-noyabr kunlari taşkil etilgan mobil kasbiy malaka oşiriş öquv kurslarida iştirok etib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan şahar-tuman IIB boşliqlariga sertifikatlar topşirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






