IIV Qorovul qöşinlari xotin-qizlar va tibbiyot oliy maʼlumotiga ega fuqarolarni kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qiliş uçun tanlov eʼlon qiladi
2026-11-22 10:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Qorovul qöşinlarida böş şifokorlik hamda umumiy örta, örta-maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega bölgan xotin-qizlarni oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlarini jamlaş maqsadida kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qiliş uçun tanlov eʼlon qiladi.
“Umumiy amaliyot şifokori” lavozimlariga tibbiyot oliygohlarini tamomlagan oliy maʼlumotga ega va harbiy xizmatni ötagan yoki zaxiradagi ofitser unvonidagi (tibbiyot kollejini tamomlagan örta-maxsus maʼlumotli fuqarolar bundan mustasno) 30 yoşgaça bölgan, böy körsatkiçi 165 smdan past bölmagan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini ofitserlik lavozimlariga kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qiliş uçun ötkaziladigan saralaş tadbirlarida iştirok etişga taklif etamiz.
Kontrakt böyiça harbiy xizmatga kiriş istagida bölgan hamda yuqoridagi talablarga mos keladigan fuqarolar Toşkent şahar, Mirobod tumani, Amirobod köçasi, 1-uyga (Qorovul qöşinlari qömondonligi) 2026-yilning 15-dekabr kuni soat 08:00dan 12:00ga qadar kelib murojaat qilişlari söraladi.
Harbiy-kasbiy saralaşda iştirok etadigan fuqarolar özlari bilan şaxsini tasdiqlovçi hujjat, maʼlumoti böyiça diplom, harbiy guvohnomasi yoki zaxiradagi ofitser guvohnomasini olib kelişi lozim.
Izoh: Saralaşda iştirok etiş uçun faqat yuqorida körsatilgan talablarga mos keladigan oliy maʼlumotli fuqarolar murojaat etişlari söraladi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Qorovul qöşinlari böş lavozimlarni jamlaş maqsadida umumiy örta, örta-maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega bölgan xotin-qizlarni oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qiliş uçun tanlov eʼlon qiladi.
IIV Qorovul qöşinlari xotin-qizlarni oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qiliş uçun ötkaziladigan harbiy-kasbiy saralaşda iştirok etişga taklif etadi.
Kontrakt böyiça harbiy xizmatga kiriş istagida bölgan xotin-qizlar 2026-yilning 15-dekabr kuni soat 08:00dan 12:00ga qadar Toşkent şahar, Mirobod tumani, Amirobod köçasi, 1-uyga (Qorovul qöşinlari qömondonligi) kelib murojaat qilişlari söraladi.
Harbiy-kasbiy saralaş nomzodni dastlabki örganiş, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş, psixologik örganiş, yakuniy suhbat, tibbiy körik, maxsus tekşiruv bosqiçlarida ötkaziladi.
Harbiy-kasbiy saralaşda 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan, böy parametri 165 santimetrdan past bölmagan, umumiy örta, örta-maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega bölgan xotin-qizlar iştirok etişlari mumkin.
Harbiy-kasbiy saralaşda iştirok etadigan xotin-qizlar özlari bilan şaxsini tasdiqlovçi hujjat, tamomlagan taʼlim muassasasi diplomi (şahodatnomasi) hamda sport kiyimi olib kelişlari lozim.
