Xonadonda noqonuniy qurol va ötkir tiğli jismlarni saqlaş, sotiş va foydalaniş bilan boğliq holat foş etilib, jinoyat işi qözğatildi
2026-11-21 09:35:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi doirasida Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi hamda uning hududiy bölinmalari tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda ötkazilayotgan tadbirlar davomida noqonuniy qurol saqlaş, sotiş va undan foydalaniş holatlariga çek qöyildi.
Xususan, Çirçiq şahar Içki IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan navbatdagi tadbirda “Maʼrifat” MFYda yaşovçi 1996-yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, noqonuniy ravişda saqlanayotgan qurol va boşqa xavfli buyumlar aniqlandi.
Ötkazilgan tadbirda xonadondan qölbola usulda yasalgan, porox bilan öq uzişga möljallangan bir dona qurol hamda Ispaniyada işlab çiqarilgan 5,5 kalibrli “ŞADOW1000” rusumli pnevmatik qurol şuningdek, tört dona turli körinişdagi ötkir tiğli piçoqlar protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oliş, fuqarolar osoyiştaligi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan bunday tezkor-profilaktik tadbirlar orqali hududlarda qonun ustuvorligini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Xavfsiz va soğlom yurt” oyligi doirasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Toşkent viloyati IIB Axborot xizmati





