IIV rahbariyati tomonidan Buxoro viloyatida Prezident qarorlari ijrosini taʼminlaş yuzasidan örganişlar davom etmoqda
2026-11-19 14:00:00 / Yangiliklar

Içki işlar vazirining birinçi örinbosari polkovnik M.Mirxamidov hamda boş prokurorning birinçi örinbosari rahbarligida Respublika idoralararo muvofiqlaştiriş ştabi işçi guruhi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari ijrosini taʼminlaş yuzasidan Buxoro viloyatida örganişlar davom etmoqda.
Xususan, işçi guruh Buxoro şahridagi 2-sonli texnikumga taşrif buyurib, viloyatda aholini xorijda qonuniy va xavfsiz iş bilan taʼminlaş, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş, xalqaro mehnat bozoriga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan hamda yangi taşabbuslarni keng jamoatçilikka yetkaziş borasidagi işlar bilan tanişdi.
Tadbirda Migratsiya agentligining Buxoro viloyati hududiy filiali rahbari tomonidan işsiz fuqarolarni xorijda qonuniy va xavfsiz iş bilan taʼminlaş borasida yaratilgan şart-şaroitlar, xorijga işlaş istagi bölgan fuqarolarni öqitiş, xalqaro mehnat bozoriga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida batafsil tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, işsiz fuqarolarni migratsiyaga öqitiş salmoğini kengaytiriş, xorijda işlaş istagi bölgan fuqarolarni öqitiş, sertifikat olişi va keyingi jarayonlarni yanada samarali taşkil etiş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.



