Jizzax viloyati IIB rahbariyati tomonidan yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazildi
2026-11-19 09:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği Zarbdor tumanidagi 1-son texnikumda yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularning muammolarini örganiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, iqtidor va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda kelajakda munosib örin egallaşlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Samimiy va oçiq muloqot davomida texnikum öquvçilari özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, taklif va taşabbuslarini örtaga taşladilar. Yoşlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qöllab-quvvatlaş, muammolarini hal etiş borasida tegişli fikrlar bildirildi.
Şuningdek, viloyat IIB boşliği taʼlim muassasasida 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan taşkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda iştirok etdi. Unda ustoz va öquvçilarni uşbu qutluğ sana bilan samimiy tabriklab, Davlat bayroğimiz xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligi va birdamligi timsoli ekanini taʼkidladi.
Taşrif doirasida texnikum hududida taşkil etilgan issiqxona faoliyati bilan ham tanişildi. Unda öquvçi yoşlarning amaliy mehnat könikmalarini şakllantiriş, kasb-hunar egallaşi va tadbirkorlikka bölgan qiziqişini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar közdan keçirildi.
Bunday uçraşuvlar yoşlar bilan samarali muloqotni yölga qöyiş, ularning hayotiy muammolariga yeçim topiş, taşabbuslarini röyobga çiqariş hamda kelajakka işonçini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jizzax viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği Zarbdor tumanidagi 1-son texnikumda yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









