IIV rahbariyati tomonidan Jizzax viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlaş borasidagi işlar örganildi
2026-11-19 09:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari, polkovnik Timur Ismailov amaliy taşrif bilan Jizzax viloyatida böldi.
Taşrif davomida dastlab, «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida Zomin tumani IIBda taşkil etilgan tezkor ştab faoliyati örganilib, belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar hamda jamoat xavfsizligini taʼminlaş borasidagi işlar tahlil qilindi.
Şuningdek, Yangiobod tumanidagi «Döstlik» MFY, Zarbdor tumanidagi «Navoiy» MFY hamda Şarof Raşidov tumanida yangidan taşkil etilgan «Mustaqillikning 35 yilligi» MFYda profilaktika inspektorlari va mahalla yettiligining faoliyati bilan yaqindan tanişildi.
Örganişlar davomida mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, aholi bilan manzilli profilaktik işlarni taşkil etiş, muammolarni joyida hal qiliş hamda içki işlar organlari va mahalla yettiligi örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Masʼullarga belgilangan vazifalar ijrosini samarali taşkil etiş, har bir mahallada xavfsiz muhitni şakllantiriş va aholi osoyiştaligini taʼminlaş borasida tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati






