Taqdimot. Maʼnaviy tarbiya vositasi
2026-11-17 23:30:00 / Yangiliklar

Norin tumani Axborot-kutubxona markazida IIV Birlaşgan tahririyatining Namangan viloyati böyiça muxbiri, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi Jahongir Töxtasinov hamda içki işlar organlari faxriysi, isteʼfodagi mayor Abduvoyid Ergaşev hammuallifligida naşr etilgan "Haqquli mingboşi" nomli kitobning taqdimoti ötkazildi.
Unda sözga çiqqanlar kitobning tarixiy xotirani tiklaş, ötmişda yaşab ötgan fidoyi insonlar hayotini örganiş, ularning ezgu işlarini yoş avlodga yetkazişdagi ahamiyati xususida fikr bildirdilar. Ayniqsa, el orasida hurmat qozongan şaxslar hayotini kitob sahifalariga muhrlaş borasidagi bunday taşabbuslar alohida eʼtirof etildi.
Tadbir doirasida içki işlar organlari faxriylari Avazbek Karimov va Abduvoyid Ergaşev muallifligida tayyorlangan “Mangu barhayotlar” kitobining ham taqdimoti bölib ötdi. Uşbu kitob Norin tumanida xizmat vazifasini bajariş çoğida halok bölgan içki işlar organlari xodimlari xotirasiga bağişlangan.
Unda Vatan va xalq osoyiştaligi, fuqarolar xavfsizligi yölida jon fido qilgan mard insonlarning hayot yöli, xizmat faoliyati, jasorati haqida hikoya qilinadi.
Taqdimotda qayd etilganidek, uşbu kitob kasbiga sadoqat, jasorat va fidoyilik tuyğularini yoş avlod qalbiga singdiradi, ayniqsa, içki işlar organlari xodimlari uçun muhim maʼnaviy tarbiya vositasi bölib xizmat qiladi.
© «Postda» gazetasi, Hasanxöja Fattohxonov, katta leytenant.
