IIV Jamoat xavfsizligi departamenti masʼul xodimlari iştirokida talabalar bilan oçiq muloqot taşkil etildi
2026-11-17 09:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti masʼul xodimlari iştirokida talabalar bilan oçiq muloqot taşkil etildi.
Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad — yoşlarni jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş hamda probatsiya sohasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan taniştiriş, şuningdek, ularning huquqiy bilim va kasbiy qiziqişlarini yanada oşirişdan iborat böldi.
Muloqot davomida jamoat xavfsizligini taʼminlaş tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi yönalişidagi ustuvor vazifalar, jamoat tartibini saqlaşda zamonaviy yondaşuvlar, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş borasida körilayotgan çora-tadbirlar hamda probatsiya xizmatining vazifalari haqida atrofliça maʼlumotlar berildi.
Şuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar özlarining amaliy tajribalari bilan örtoqlaşib, xizmat jarayonida duç kelinadigan vazifalar, ularni samarali hal etiş usullari va jamoat bilan muloqot qilişda jurnalistik yondaşuvning ahamiyati xususida fikr bildirdilar.
Uçraşuvda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Ayniqsa, jamoat xavfsizligini taʼminlaşda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning örni, aholi bilan oçiq va işonçli muloqotni yölga qöyiş, jamoatçilikka tezkor va xolis axborot yetkaziş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur muloqot talabalar uçun Içki işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan bevosita suhbatlaşiş, ularning kasbiy faoliyati va amaliy tajribasi bilan yaqindan tanişiş, şuningdek, kelgusidagi kasbiy faoliyati uçun zarur bölgan bilim va könikmalarni boyitiş imkonini berdi.
Taʼkidlanganidek, bunday oçiq muloqotlar yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, ularda jamoat xavfsizligi masalalariga daxldorlik hissini şakllantiriş hamda jurnalistika va huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati









