Kuzatuv. Yaxşilik uruği
2026-11-17 07:45:00 / Yangiliklar

Inson umrining mazmuni egallagan lavozimi yoki bosib ötgan yöllari bilan emas, hayoti davomida boşqalar qalbida qanday iz qoldirgani bilan belgilanadi. Ayniqsa, içki işlar organlari tizimida xizmat qiliş nafaqat yuksak masʼuliyat, balki insonparvarlik, fidoyilik va kasbga sadoqatni ham talab etadi.
Ana şunday ezgu fazilatlar egasi, uzoq yillar içki işlar organlari tibbiyot sohasida samarali xizmat qilgan Andijon viloyati IIB Tibbiyot bölimi poliklinikasi boşliği, podpolkovnik Dilşodbek Qöçqorov öz faoliyatini yakunlab, hayotining yangi bosqiçi – pensiya davriga qadam qöydi.
Dilşodbek Qöçqorov köp yillik xizmat faoliyati davomida samimiyligi va barçaga birdek hurmat bilan munosabatda bölişi orqali jamoada alohida hurmat qozondi. Qabuliga kelgan xodimlar, ularning oila aʼzolari va faxriylarga doimo eʼtibor körsatib, kömak berişga astoydil intilişi bilan hammaga örnak bölib keldi. Aslida, şifokorlik faqat kasallikni davolaşdan iborat emas. Bu – insonga umid beriş, oğir damlarda uning yonida turiş, dardini eşitib, maʼnaviy dalda körsatiş hamdir.
– Men içki işlar organlari xodimining farzandiman. Marhum otamning roziligi va duosini olib uşbu sohani tanlaganman, – deydi isteʼfodagi podpolkovnik D. Qöçqorov. – Bir umr padari buzrukvorimning ezgu vasiyatiga sodiq qolib xizmat qildim.
Andijon viloyati IIBda bölib ötgan maʼnaviy tadbir Fidoyi xodimning köp yillik faoliyati uçun jamoadoşlari tomonidan bildirilgan yuksak minnatdorlik ifodasi böldi. Unda sözga çiqqan hamkasblar qahramonimizning odamlar dardiga quloq tutiş, qiyin vaziyatlarda yelkadoş böliş kabi ezgu insoniy fazilatlarini alohida eʼtirof etdilar.
Darhaqiqat, insonning xizmat muddati tugaşi mumkin, ammo uning Vatanga sadoqati, kasbiga muhabbati va odamlar qalbiga qadagan yaxşilik uruğlari mangu barhayotdir.
© «Postda» gazetasi, Dilmurod XÖJAMBERDIYEV, Andijon viloyati
