Surxondaryo viloyatida qiş mavsumida aholini suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlari bilan barqaror taʼminlaş hamda xavfsizlik talablari örganildi
2026-11-16 19:45:00 / Yangiliklar

Kuni keça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti boşliğining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari, polkovnik Abduvoxid Imyaminov hamda Surxondaryo viloyati Içki işlar boşliğining örinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boşliği, polkovnik Jörabek Avazov tomonidan viloyat hududida aholini suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlari bilan taʼminlaşga masʼul bölgan omborxonalar, saqlaş va tarqatiş şoxobçalari faoliyati örganildi.
Örganişlar davomida suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlarini qabul qiliş, saqlaş, hisobga oliş, taşiş hamda isteʼmolçilarga belgilangan tartibda yetkazib beriş jarayonlarining taşkil etilganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, suyultirilgan gaz saqlanadigan rezervuarlar, gaz ballonlari va ularni saqlaş joylarining texnik holati, gaz töldiriş va tarqatiş jarayonlarida belgilangan xavfsizlik meʼyorlariga amal qilinişi, gaz sizib çiqişining oldini oliş çoralari, şuningdek, kömir omborlarining holati, mahsulot zaxiralari, saqlaş şaroitlari va aholiga öz vaqtida yetkazib beriş işlari közdan keçirildi.
Şuningdek, obyektlarda yonğin va portlaş xavfsizligi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi hamda sanitariya talablariga rioya etilişi, yonğin öçiriş vositalarining sozligi, ogohlantiriş tizimlari va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilişga tayyorlik darajasi baholandi.
Örganiş jarayonida masʼul rahbar va xodimlar bilan uçraşuvlar ötkazilib, aholini yoqilği-energetika mahsulotlari bilan taʼminlaşda xizmat vazifalarini vijdonan va masʼuliyat bilan bajariş, mavjud zaxiralarning aniq hisobini yuritiş, mahsulotlarning talon-toroj qilinişi, noqonuniy sarflanişi va belgilangan tartibni buziş holatlarining oldini oliş yuzasidan tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.
Ayniqsa, suyultirilgan gazni taşiş, saqlaş va tarqatişda yonğin hamda portlaş xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qiliş, gaz ballonlarining texnik sozligini nazorat qiliş, ulardan foydalanişda belgilangan talablarni buzmaslik, kömir mahsulotlarini esa belgilangan meʼyorlar asosida saqlaş va isteʼmolçilarga adolatli taqsimlaş zarurligi taʼkidlandi.
Masʼullarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va hamjihatlikda harakat qiliş, yonğin öçiriş vositalari hamda maxsus texnikalarning doimiy şayligini taʼminlaş, yuk taşiş vositalarining texnik holatini nazorat qiliş, şuningdek, aniqlangan kamçiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş böyiça vazifalar belgilab berildi.
Taʼkidlanganidek, aholining qiş mavsumida suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlariga bölgan ehtiyojini öz vaqtida, uzluksiz va belgilangan tartibda qondiriş, fuqarolarning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, yoqilği mahsulotlarini saqlaş hamda yetkazib beriş jarayonlarida xavfsizlikni taʼminlaş ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Asosiy maqsad — aholini suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlari bilan barqaror taʼminlaş, taʼminot tizimida qonuniylik va şaffoflikni taʼminlaş, yonğin va portlaş xavfining oldini oliş, mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş hamda qiş mavsumini fuqarolar uçun osoyişta va xavfsiz ötkazişga munosib hissa qöşişdan iborat.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati





