Mamlakatimiz miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” tadbirlarining dastlabki ön kunligi natijalari hamda aholini energiya resurslari bilan taʼminlaş borasida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi
2026-11-14 08:00:00 / Yangiliklar

Noyabr oyining dastlabki kunidan yurtimiz miqyosida “Xavfsiz va soğlom yurt” tadbirlarining uçinçi bosqiçi olib borilmoqda. Içki işlar vaziri rahbarligida ötkazilgan navbatdagi yiğilişda oylik davomida ötkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar kun tartibidagi asosiy masala böldi.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar, millat genofondini giyohvandlik illatidan muhofaza qiliş, aholi ayniqsa yoşlar örtasida narkojinoyatlarni barvaqt oldini oliş böyiça eng muhim masalalar aynan “Xavfsiz va soğlom yurt” tadbirlarida qamrab olingan.
Oylikning dastlabki ön kunida hamkorlikdagi tezkor-profilaktik tadbirlari davomida erişilgan natijalar, köça va jamoat joylarida yölga qöyilgan xizmat faoliyati, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiliş organlari va yoşlar taşkilotlar bilan olib borilayotgan uzviy hamkorlik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratiş zarurligi qayd etildi.
Bu borada hududiy tuzilmalar va sohaviy xizmat masʼullari oldiga belgilangan vazifalar, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlaşda közga taşlanayotgan muammolar muhokama qilindi.
Yiğilişda hozirgi kunning muhim yönalişlardan biri energetika resurslari, suyultirilgan gaz va kömir mahsulotlarini aholiga öz vaqtida uzluksiz yetkazib beriş masalalari atrofliça tahlil qilindi.
Mazkur yönalişda taşkil etilgan işçi guruh faoliyatini doimiy muvofiqlaştiriş orqali kafolatli taʼminot zanjirini yaratiş böyiça kelgusida bajarilişi zarur bölgan vazifalar belgilab olindi.
Şuningdek, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, Aralaş jang sanʼatlari (MMA) va Voleybol federatsiyalari faoliyatini takomillaştiriş, professional sportçilar va jamoalarni şakllantiriş, murabbiylar maktabini yaratiş va yangi iqtidorlarni kaşf etiş böyiça olib borilayotgan işlar taqdimot qilindi.
Hududiy federatsiya rahbarlariga mavjud moddiy texnik bazani rivojlantiriş, jamoalar uçun zaruriy şaroitlarni taşkil etiş böyiça körsatmalar berildi.






