IIV Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti vakillari telekommunikatsiya firibgarligiga qarşi kuraşiş böyiça xalqaro seminarda iştirok etdi
2026-11-13 16:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 26-oktyabr–8-noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti vakillari Xitoy Xalq Respublikasida ötkazilgan “Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun telekommunikatsiya tarmoqlaridagi firibgarlikka qarşi kuraşiş” mavzusidagi seminarda iştirok etdi.
Iştirokçilar internet firibgarligining oldini oliş va uni tergov qiliş, elektron dalillar bilan işlaş hamda transçegaraviy jinoiy tarmoqlar faoliyatiga çek qöyiş borasida Xitoy tajribasini örgandilar. Dastur doirasida Şanxay va Kunmin şaharlaridagi politsiya bölinmalari hamda ixtisoslaştirilgan markazlarga taşriflar ham taşkil etildi.
Mazkur tadbir kasbiy tajriba almaşiş va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qildi.



