Tadbir. Salomatlik posbonlariga ehtirom
2026-11-13 23:00:00 / Yangiliklar

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Içki işlar vazirligida tantanali bayram tadbiri ötkazildi. Unda IIV rahbariyati, tibbiyot muassasalari xodimlari, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan Içki işlar vaziri, general-leytenant Aziz Taşpulatov soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
U içki işlar organlari xodimlari, ularning oila aʼzolari va faxriylar salomatligini muhofaza qiliş borasida tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnatini alohida eʼtirof etdi.
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining sohaga qaratayotgan eʼtibori tufayli IIV tibbiyot xizmatida ham keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Davolaş muassasalari modernizatsiya qilinib, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda.
Bugungi kunda IIV tibbiyot tizimida 11 ta statsionar davolaş muassasasi, 16 ta ambulator poliklinika, sanatoriy va ixtisoslaşgan tibbiy tuzilmalar faoliyat yuritmoqda. Sönggi yillarda hududlarda yangi tibbiyot muassasalari taşkil etilib, mavjudlari zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.
Qaşqadaryo, Jizzax, Buxoro, Sirdaryo va Farğona viloyatlarida yangi gospitallar taşkil etilişi natijasida ularning umumiy soni 7 tadan 12 taga yetkazildi.
Bu esa xodimlarning davolaniş uçun poytaxtga boriş zaruratini kamaytirib, hududlarda malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirdi.
Şuningdek, 2025-2026-yillarda Toşkent şahar IIBB poliklinikasi, Buxoro viloyati IIB gospitali, Farğona viloyati poliklinikasi hamda Namangan şahridagi gospitalning «Maʼdanli suv bilan davolaş» binosida kapital taʼmirlaş işlari amalga oşirildi.
Toşkent viloyati IIBB Tibbiyot bölimi esa zamonaviy talablarga javob beradigan, zarur infratuzilma va qulay şart-şaroitlarga ega yangi binoga joylaştirildi.
Ayniqsa, IIV Markaziy gospitalida yuqori texnologik operatsiyalar sonining sönggi ikki yilda 750 tadan 2 100 taga oşgani sohadagi yangilanişlarning amaliy natijasidir.
Tantanali marosimda öz kasbiga sadoqati, yuqori malakasi va samarali mehnati bilan ajralib turgan bir guruh tibbiyot xodimlari Içki işlar vazirining buyruğiga asosan muddatidan oldin maxsus unvonlar, idoraviy kökrak nişonlari hamda qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Darhaqiqat, inson salomatligini asraş, dardiga malham böliş nafaqat kasbiy burç, balki ulkan masʼuliyat va fidoyilik namunasidir.
Içki işlar organlari tibbiyot xodimlarining bu boradagi xizmatlari şaxsiy tarkibning salomatligi va xizmatga şayligini taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Kasb bayrami munosabati bilan ötkazilgan tadbir ana şu şarafli kasb egalariga körsatilgan yuksak ehtirom va eʼtiborning yorqin ifodasi böldi.
© «Postda» gazetasi, Javohir Bafoyev, mutaxassis-muxbir, katta leytenant.
