IIV Akademiyasiga Fransiya Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Oliy tadqiqotlar instituti (IHEMI) vakillari taşrif buyurdi
2026-11-13 13:00:00 / Yangiliklar

Taşrif davomida mehmonlarga mamlakatimizdagi Fransiya elçixonasining içki xavfsizlik masalalari böyiça attaşesi Siril Gut hamrohlik qildi.
Uçraşuv oldidan mehmonlar akademiya faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Delegatsiya aʼzolariga öquv dargohining tarixi va rivojlaniş bosqiçlari, keyingi yillarda amalga oşirilgan keng qamrovli islohotlar, taʼlim jarayonidagi ilğor milliy yondaşuvlar, xalqaro hamkorlik aloqalari, kelgusidagi ustuvor maqsadlar haqida maʼlumot berildi.
Şundan söng ikki tomonlama muloqot ötkazilib, unda manfaatli hamkorlikning asosiy yönalişlari va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Akademiya boşliği delegatsiya rahbari Teri de Vildni qutlab, Özbekiston – Fransiya örtasidagi döstona aloqalar izçil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari tufayli munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilganini alohida eʼtirof etdi.
Huquqni muhofaza qiliş sohasida hamkorlikni kengaytiriş zamonaviy tahdid va xatarlar xavfi oşib borayotgan hozirgi şaroitda dolzarb ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Uçraşuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, boşqaruv kadrlarini tayyorlaşda özaro tajriba almaşiş, professor-öqituvçilar va taʼlim oluvçilar uçun inqirozli vaziyatlarni boşqariş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, kibertahdidlarning oldini oliş, raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalari böyiça öquv kurslari taşkil etiş, qöşma taʼlim dasturlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Öz navbatida, Teri de Vild mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni alohida qadrlaşini eʼtirof etib, samimiy ruhda ötayotgan uçraşuv özaro işonç muhitini yanada mustahkamlaş, hamkorlik aloqalarini çuqurlaştiriş va manfaatli yönalişlarda kengaytirişga xizmat qilişini aytib ötdi.
Aytiş joizki, Fransiya Içki işlar vazirligi huzuridagi Oliy tadqiqotlar instituti taʼlim, ilmiy-tadqiqot va strategik tahlil bilan şuğullanuvçi yetakçi muassasa hisoblanadi.
Taşkilotning asosiy vazifasi davlat boşqaruvi, xavfsizlik va adliya sohalarida yuqori malakali rahbar kadrlarni tayyorlaş hamda davlat siyosatini takomillaştirişga ilmiy-amaliy hissa qöşişdan iborat.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati









