Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan «Xavfsiz va soğlom yurt» tadbiri doirasida amalga oşirilgan işlar muhokama qilindi
2026-11-13 09:00:00 / Yangiliklar

Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov raisligida respublika hududida ötkazilayotgan «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi 10-kuni davomida amalga oşirilgan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Unda tadbir doirasida masʼul rahbar va xodimlar tomonidan amalga oşirilgan işlar, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş borasida olib borilgan çora-tadbirlar atrofliça tahlil qilindi.
Şuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi, erişilgan natijalar hamda tadbir davomida yöl qöyilgan kamçiliklarga alohida eʼtibor qaratildi. Yiğiliş davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan masʼul rahbarlarga tadbir samaradorligini yanada oşiriş, har bir yönaliş böyiça işlarni kuçaytiriş, aniqlangan kamçiliklarni zudlik bilan bartaraf etiş hamda fuqarolarning tinçligi va osoyiştaligini taʼminlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — respublika hududida jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va aholi uçun xavfsiz muhitni şakllantirişdan iborat.
Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






