IIV rahbariyati tomonidan xodimlar salomatligini muhofaza qiliş masalalariga bağişlangan videoselektor ötkazilib, Buxoroda tungi xizmat faoliyati örganildi
2026-11-13 08:15:00 / Yangiliklar

“Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Içki işlar vaziri örinbosari — Maʼnaviy-maʼrifiy işlar va kadrlar bilan taʼminlaş departamenti boşliği, polkovnik Diyorbek Sattarov rahbarligida respublika içki işlar organlari tizimida xodimlar salomatligini muhofaza qiliş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Unda kuçaytirilgan xizmat rejimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning salomatligiga alohida eʼtibor qaratiş, tibbiy-profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş, şaxsiy tarkibni öz vaqtida tibbiy körikdan ötkaziş, kasalliklarni barvaqt aniqlaş hamda zarur hollarda malakali tibbiy yordam körsatiş masalalari tanqidiy muhokama qilindi.
Şuningdek, xodimlarning xizmat va dam oliş tartibiga rioya etilişi, jismoniy hamda ruhiy zöriqişlarning oldini oliş, salomatlik holatini muntazam nazorat qiliş yuzasidan masʼullarga tegişli vazifalar belgilandi.
Şundan söng, vazir örinbosari Buxoro viloyatida bölib, hududda amalga oşirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligi va tungi xizmat faoliyati bilan tanişdi. Xususan, Buxoro şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasida taşkil etilgan tezkor ştab faoliyati közdan keçirilib, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan axborot tinglandi.
Örganişlar davomida erişilgan natijalar bilan bir qatorda, faoliyatda yöl qöyilgan ayrim kamçiliklar ham tanqidiy muhokama qilindi. Toşkent şahrining Çilonzor va Mirzo Uluğbek tumanlarida sinovdan ötgan ilğor tajribalarni amaliyotga joriy etiş, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etişga moyil şaxslar bilan individual hamda manzilli işlaş tizimini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida va xolisona hal etiş, aholi muammolarini çuqur örganiş, mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş hamda xalq roziligini taʼminlaş içki işlar organlari faoliyatining asosiy mezoni bölişi lozimligi qayd etildi.
Örganişlar böyiça masʼul rahbarlar va şaxsiy tarkibga tungi xizmat faoliyatini samarali taşkil etiş, profilaktik tadbirlar natijadorligini oşiriş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.






