Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida aholi murojaatlarini oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
2024-10-18 10:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifaga aylandi.
Shu bois odamlarning muammolarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylandi.
Fuqarolarni muammolarini tinglash va masalalarni oʻrganish hamda hal qilish maqsadida Shahrisabz shahrida ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi, podpolkovnik Hotam Qodirovning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning ichki ishlar organlarining profilaktika, tergov xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari hamda boshqa masalalarga oid 42 ta murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning 31 tasi joyida hal etildi.
Ayrim fuqarolarga muammosi boʻyicha boshqa organga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan 11 ta murojaatlar oʻrganish uchun vaqt talab etishi tushuntirilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
Koʻlami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga roʻyxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati







