Şifo baxş etib
2026-11-11 23:00:00 / Yangiliklar

Içki işlar organlari xodimlari kuni arafasida uzoq yillik fidokorona mehnati va yuksak kasbiy mahorati uçun şifokor, podpolkovnik Irina Karimova II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlandi.
U içki işlar organlari tibbiyot xizmatidagi faoliyatini 1995-yilda Toşkent şahar IIBB Poliklinikasida uçastka şifokor-terapevti sifatida boşlagan.
Keyinçalik köp yillar IIV Markaziy poliklinikasi terapiya bölinmasiga rahbarlik qildi. 2016-yildan boşlab uning xizmati IIV Markaziy harbiy-tibbiy komissiyasi bilan boğliq böldi: boş ekspert - şifokor-terapevt sifatida şaxsiy tarkib soğliğini baholaşga oid murakkab masalalarni muvofiqlaştirdi.
Lavhamiz qahramonining boy bilim va tajribasi yangi bosqiçda ham qöl kelmoqda. 2023-yildan buyon Irina Karimova IIVning «Özbekiston» sanatoriysida kardiologiya bölinmasini boşqariş jarayonida nafaqat şifokor sifatida isteʼdodini, balki taşkilotçilik qobiliyatini ham namoyon etmoqda.
Uning rahbarligida bölinmada kardiologiya yönalişida diagnostika standartlari sanatoriy imkoniyatlari bilan muvaffaqiyatli uyğunlaştirilib, reabilitatsiya işlari sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqildi.
Soha faxriylari soğliğiga ğamxörlik lavhamiz qahramoni uçun ustuvor vazifalar qatoridadir. Bemorlar uni nafaqat öz işining mohir mutaxassisi, balki qalbi daryo, samimiy inson sifatida hurmat qilişadi.
Mehnatimga berilgan yuksak baho uçun minnatdorman. Mukofotni butun jamoamiz xizmatining eʼtirofi deb bilaman, -deydi podpolkovnik Irina Karimova. - Bunday rağbat bizni yanada ğayrat-şijoat bilan xizmat qilişga ruhlantiradi.
© «Postda» gazetasi, Radik Tumparov.
