Özbekiston (MMA) terma jamoasi jahon çempionatida kuçli beşlikdan joy oldi
2026-11-11 08:05:00 / Yangiliklar

Gruziya poytaxti Tbilisi şahrida 1–7-noyabr kunlari aralaş jang sanʼatlari (MMA) böyiça havaskorlar örtasida jahon çempionatida dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 800 nafardan ziyod sportçi ğoliblik uçun bahs olib bordi.
Xalqaro aralaş jang sanʼatlari federatsiyasi şafeligida ötkazilgan mazkur jahon birinçiligida Özbekiston terma jamoasi 30 nafar sportçi bilan iştirok etdi. Tarkibdan nafaqat erkaklar, balki ayol sportçilarning ham joy olgani mamlakatimizda uşbu sport turining ommaviyligi oşib borayotgani va munosib zaxira şakllanayotganidan dalolat beradi. Jismoniy va taktik tayyorgarlik, zarba texnikasi hamda himoyalaniş mahorati sinovdan ötgan murosasiz bellaşuvlarda vakillarimiz jami 8 ta medalni — 2 ta oltin, 3 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritib, umumjamoa hisobida kuçli beşlikdan joy oldi.
Kattalar örtasidagi bellaşuvlarda terma jamoamiz umumjamoa hisobida 7-örinni egalladi. Vakillarimiz quyidagi natijalarni qayd etişdi:
• Oltin medal: Öğiloy Jumanova;
• Kumuş medal: Mustafo Qadamov;
• Bronza medal: Janobiddin Sattorov.
Ayollar örtasida jahon çempioni degan şarafli nomga sazovor bölgan Öğiloy Jumanova öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi:
«Avvalambor barça qöllab-quvvatlab turgan özbekistonliklarga, ota-onam, murabbiyim — barçasiga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Mana bu musobaqa men uçun uçinçi jahon çempionati bölib, ötgan safar jarohat tufayli yaxşi natija körsata olmagan edim. Bu safar oltin medal nasib qildi. Birinçi ayollar örtasida jahon çempioni degan nomga sazovor bölganimdan juda ham xursandman».
Yoşlar terma jamoasi yutuqlari
Yoşlar terma jamoamiz musobaqada yanada yuqori natija körsatib, umumjamoa hisobida 5-örinni band etdi. Final jangida hamyurtimiz Xurşidaxon Röziqova yana bir vakilamiz Nilufar Örolovadan ustun kelib, oltin medalga ega çiqdi. Örolova esa kumuş medal bilan taqdirlandi. Şuningdek, Doniyor Quvondiqov kumuş, Firdavs Atamuratov va Feruzbek Fayziyev esa bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga qöşib qöyişdi.
Musobaqa yakunlariga köra, 40 ta medal jamğargan Rossiya terma jamoasi 1-örinni, 9 ta medal bilan Tojikiston 2-örinni, 6 ta medal qölga kiritgan Finlyandiya esa 3-örinni egalladi. Özbekiston terma jamoasi 8 ta medal bilan jahonning eng kuçli beşta jamoasi safidan örin oldi.
Mazkur çempionat sportçilarimiz uçun katta xalqaro tajriba va mahorat sinovi bölib xizmat qildi. Terma jamoamizning kelgusi rejalari haqida Özbekiston aralaş jang sanʼatlari (MMA) assotsiatsiyasi raisi örinbosari Şuhrat Anvarov şunday dedi:
«Jahon çempionatidan taşqari, oldimizda yana muhim musobaqalar turibdi. Hozirda Qarşi şahrida Özbekiston kubogi bahslarini ötkazamiz. Uşbu musobaqa yakunlariga köra terma jamoa tarkibidagi yigitlarni yana bir bor saralab olamiz. Şundan söng 5–7-dekabr kunlari Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida bölib ötadigan Osiyo çempionatida iştirok etamiz».
Xulosa qilib aytganda, Tbilisida qölga kiritilgan uşbu tarixiy natijalar mamlakatimizda sportga, xususan, yakkakuraş turlariga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning amaliy samarasidir. Yoş va kattalar terma jamoamiz aʼzolari namoyiş etgan yuksak mahorat, matonat va ğalabaga bölgan kuçli iroda kelgusi xalqaro arenalarida ham Özbekiston bayroği yanada baland kötarilişiga mustahkam zamin yaratadi.



