IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish va tarqatish bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi
2024-10-16 20:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish va tarqatish bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi.
Dastlabki tadbirda oʻzini shubhali tutgan 2006-yilda tugʻilgan shaxs tekshirilgandan yonidan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topildi. Uning Mirobod tumanidagi vaqtincha yashash manzilidan esa ichiga 2 kg 50 gr sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan “Duxovka” maishiy texnikasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, ikki turdagi 139 gr sintetik giyohvandlik vositalari, “zakladka” usulida tarqatish uchun qadoqlashda foydalaniladigan elektron tarozi, 1 000 dona “zip paket”, izolyatsion lentasi, jinoiy harakatlarni sodir etishda foydalanilgan noutbuk va 2 dona telefon apparati ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Yashnobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa 1998-yilda tugʻilgan, shaxs yashash yonidan giyohvandlik vositalari topilib, uning yashash manzilida ichiga 2 kg 190 gr sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan idish yuvish maishiy texnikasini saqlab kelayotganligi shuningdek 600 dona “zip-paket”, elektron tarozi, izolenta va maxsus moslamalar borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy muomaladan chakana narxi 5 mlrd 200 mln soʻmga teng boʻlgan jami 4 kg 490 gr sintetik giyohvandlik vositasi olinib, hozirda tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti